Rossiyaning Jyenevadagi BMT bölinmasida doimiy vakili Gennadiy Gatilovning «Izvestiya» gazetasiga ma'lum qilişiça, Amerika Qöşma Ştatlari qurolsizlaniş masalasiga bağişlangan konferensiyani siyosiylaştirmoqda hamda şu tariqa Suriyadagi mojaroni hal etişga tösqinlik qilyapti.

«Bizda şunday tasavvur paydo bölmoqdaki, amerikaliklar Jyenevada qurolsizlaniş böyiça konferensiyada iştirok etib, konferensiya işini siyosiylaştirmoqçi va Suriyani qator xalqaro konvensiyalarga rioya etmayotgan, kimyoviy qurolni qöllayotgan davlat sifatida ayblaşmoqçi. Ularning pozitsiyasi şundan iboratki, uşbu davlat qurolsizlaniş böyiça organni boşqarişga mos emasligi haqida hammaga oçiq bayonot beriş», - deya aytib ötdi Gatilov.

Avvalroq AQŞning Jyeneva konferensiyasidagi doimiy vakili Robert Vud Suriyaning konferensiyada raislik qilişi «teatrlaştirilgan şou» ekani haqida bayonot bergandi. Öz navbatida, Gatilovning ma'lum qilişiça, AQŞning özi konferensiyani «teatrlaştirilgan şouga» aylantirmoqda.

Eslatib ötamiz, bundan avval Suriya prezidenti Başar Asad Amerika Qöşma Ştatlari Suriya hududidan çiqib ketişi kerakligini aytgandi.