Rossiya prezidenti Vladimir Putin Abu-Dabi valiahd şahzodasi Muhammad Al Nahayonga “Kortej” loyihasi böyiça yaratilgan yangi limuzinini namoyiş qildi. Putin bu limuzindan ilk bor 7 may kuni inauguratsiyasi vaqtida foydalangan va şundan beri undan işçi maşina sifatida foydalanib kelmoqda. 

Avval Putin işçi avtomobil sifatida “Mersedes”dan foydalangan. Putin Al Nahayon bilan suhbat boşida yangi maşinaga “Mersedesdan sal kattaroq” deb ta'rif bergan.

Valiahd şahzoda maşinani taşqi tomondan körib çiqib, uning orqa örindiğiga ötirgan. Videodan körinişiça, maşina unda yaxşi taassurot qoldirgan. 

“Kortej” loyihasi öz içiga limuzin, sedan, miniven va yöltanlamasni oladi. Maşinalar 2019 yildan sotuvga çiqişi kutilmoqda. Istiqbolda maşinalar elektr dvigatel bilan jihozlanişi mumkin.