Ispaniya sotsialistik partiyasi yetakçisi Pedro Sançes 2 iyunda Sarsuela qirollik saroyida qasamyod keltirdi va Ispaniya boş vaziri lavozimini bajarişga rasman kirişdi. Sançes ateist bölgani sababli an'anaga köra Injil bilan qasamyod keltirişdan boş tortdi. Şu sababli undan qasamyodni qirol Filipp VI qabul qilgan.

Avvalgi boş vazir Mariano Raxoy parlamentdan işonçsizlik votumini olgandan söng 1 iyunda iste'foga çiqarilgandi.

Sançesdan taşqari Kataloniya jyeneralitetining yangi vazirlari ham qasamyod keltirişgan. Qasamyodni Kataloniyaning yangi boş vaziri Kim Torr qabul qilgan. U marosimdagi nutqida Sançesga “muzokaralar stoli atrofiga ötirib, suhbatlaşib olişni taklif qilgan”. 

Kataloniyaning yangi hukumati avvalgisi kabi mustaqillik ğoyasini qöllab-quvvatlaydi. Muxtoriyatning avvalgi hukumati Raxoy qarori bilan 2017 yil oktabrda tarqatib yuborilgandi. Ispaniya hukumati Kataloniyaning mustaqil böliş qaroriga şunday tarzda munosabat bildirgandi.