Xitoyda restoranga taşrif buyurgan şaxs yonida qaynayotgan suv töldirilgan kastryulyada tayyorlanayotgan qisqiçbaqalardan biri çap panjasini özi uzib taşlaganiga guvoh böldi. Bu haqda Taiwan News yozmoqda.

Weibo mikrobloglar ijtimoiy tarmoğining Jiuke ismli foydalanuvçisi sözlariga köra, u qisqiçbaqalarning katta porsiyasiga buyurtma bergan. Tirik qisqiçbaqalarni qaynayotgan suvga ota boşlaşgaç, ulardan biri kastyulyadan çiqqan va uning çetiga kötarilib olgan. Biroq, u çap panjasini çiqarib ololmagan. Şunda qisqiçbaqa öng panjasi bilan çapini uzib taşlagan va ozodlikka çiqqan.

Foydalanuvçining xabar berişiça, qisqiçbaqani öziga olgan va uydagi akvariumga solib qöygan. 

Ta'kidlanişiça, qisqiçbaqalar öz panjalarini köp bora yöqotişi mumkin: ular odatda, qayta tiklanadi.