“Barça qulayliklarga ega” degan jumlani köp işlatamiz.  Andijon şahrining 5- son mahalla fuqarolar yiğinida kuni keça oçilgan “Bolajon bahori” nodavlat maktabgaça ta'lim muassasasi  haqiqatda bolajonlarning sifatli boşlanğiç bilim olişlari, soğlom ulğayişlari uçun barça qulayliklarga ega ekan. 

Oçiliş marosimida viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov iştirok etib, muassasada yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. 

Muhtaşam bino, malakali mutaxassislar jamoasi, zamonaviy texnika vositalari va jihozlar bilan ta'minlangan öquv xonalari, oşxona, pokiza sanuzel, sayr qiliş uçun ekoboğ, suziş havzasi, jonli burçak barçasi bolajonlar xizmatida.  
Asli kasbi pedagog-psixolog bölgan serğayrat tadbirkor Umidaxon Aşurovaning harakati bilan qisqa muddatlarda muhtaşam bino barpo etildi. 100 nafar  bolalarni qamrab oliş imkoniyatiga ega muassasa binosini barpo etiş va jihozlaş uçun 2 milliard 260 million söm mablağ sarf etildi. Ularning barçasini tadbirkor öz hisobidan amalga oşirdi.

Maskanda ta'lim Janubiy Koreya tajribasi usulida olib borilmoqda. Har bir guruhdagi bolalar soni 15 nafardan oşmaydi. Rus, ingliz tillari çuqur örgatiladi va rasm, badiiy gimnastika, suziş, raqs tögaraklarida malakali mutaxassislar maşğulot ötmoqda.

Bir söz bilan aytganda,  bolalarning keng dunyoqaraş egasi va bugungi zamon kişisi bölib ulğayişlari uçun muassasada barça imkoniyatlar yaratilgan. 

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon