Bu prezidentning 1.06.2018 yildagi «Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi PF–5454-son farmonida nazarda tutilgan. 

Norma’ning yozişiça, endi özgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi bölgan şaxslarga fuqaroning biometrik pasporti yoki fuqaroligi bölmagan şaxsning harakatlaniş hujjatini rasmiylaştiriş va beriş belgilangan tartibda uşbu şaxslarning doimiy yaşaş yoki böliş joyiga borgan holda amalga oşiriladi. Ularning ma'lumotlar yiğiş punktiga[1] borişlari talab etilmaydi.
 
Buning uçun tegişli murojaatni taqdim etiş zarur.
 
Özbekiston Respublikasida pasport tizimi töğrisidagi nizom hamda Özbekiston Respublikasining fuqaroligi bölmagan şaxslarining biometrik harakatlaniş hujjati töğrisidagi nizomga (5.01.2011 yildagi PF–4262-son farmonga 1 va 2-ilovalar) tuzatişlar kiritildi.
 
1.06.2018 yilda eski namunadagi pasportlarni almaştiriş muddati tugaydi. Davlat personallaştiriş markazi saytining «Interaktiv xizmatlar» bölimida biometrik pasport va fuqaroligi bölmagan şaxslarning harakatlaniş hujjatini oliş uçun elektron navbatga turiş mumkin.
 
Murojaatga 1 iş kuni davomida işlov berilib, arizaçiga SMS-xabar orqali band qilingan navbat sanasi hamda vaqti töğrisida axborot keladi. Şu yerning özida ariza-anketa blankasini töldirib, qoğozga çiqariş yoki töldirilmagan blankani qoğozga çiqariş mumkin.
 
Ilgari IIV eslatib ötganidek, pasportga ega bölişi şart bölgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy bölmagan pasport bilan yaşaganligi uçun EKIHning 1/2 baravaridan 3 baravarigaça miqdorda (materialni e'lon qiliş paytida – 86 120 sömdan 516 720 sömgaça) jarima solinadi. Xuddi şunday qonunbuzarlik bir yil davomida takroran sodir etilganda esa – 5 EKIH (materialni e'lon qiliş paytida – 861 200 söm).