Qarorga köra, 2027-yil 1-maydan alohida ta’limga ehtiyoji bölgan bolalarni vauçer asosida ta’lim olişiga kömaklaşuvçi zamonaviy assistiv (yordamçi) jihozlar bilan ta’minlaş tizimi joriy etiladi.

2027/2028 öquv yilidan nogironligi bölgan abituriyentlar uçun oliy ta’lim taşkilotlariga kiriş imtihoni va nogironligi bölgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan ötkaziş, umumta’lim fanlarini biliş darajasini belgilovçi milliy sertifikat oliş böyiça imtihon (sinov)da:

belgilangan vaqt me’yorining 50 foizi miqdorida qöşimça vaqt beriladi hamda Brayl alifbosi, audio va elektron formatdagi imtihon materiallaridan foydalaniş imkoniyati yaratiladi;

2026/2027 öquv yilidan boşlab alohida ta’limga ehtiyoji bölgan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan davlat ta’lim muassasalari (ixtisoslaştirilgan muassasalar)da öqitiş bolaning individual ta’limga ehtiyojlari, funksional imkoniyatlari hamda özlaştiriş darajasiga muvofiq işlab çiqiladigan individual ta’lim rejalari asosida taşkil etiladi.

2026-yil 1 sentyabrdan korreksion sinf taşkil etgan holda umumiy örta ta’lim xizmatini körsatuvçi nodavlat ta’lim taşkilotlariga uşbu sinfda ta’lim oladigan har bir öquvçi uçun quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:

Toşkent şahrida BHMning 11 baravari, viloyatlar markazi va Nukus şahrida BHMning 9,5 baravari, boşqa tuman (şahar)larda BHMning 8,5 baravari.