2017 yil 19 sentabrda Toşkent viloyatining Örta Çirçiq tumanida yaşovçi Z.A. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2017 yil 16 sentabr kuni birga yaşagan turmuş örtoği H.A. uyidan noma'lum tomonga çiqib ketib, bedarak yöqolganligini ma'lum qilgan.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, olib borilgan tezkor qidiruv işlari natijasida marhum H.A.ning uyida yollanib işlagan Böstonliq tumanida yaşovçi muqaddam sudlangan B.S. erini bedarak yöqolganligi haqida ariza bergan uy bekasi Z.A. bilan özaro jinoiy til biriktirib, 2017 yil 17 sentabr kuni marhum H.A. uyi ayvonida uxlab yotganida B.S. uning boşiga bolğa bilan urib öldirib, Z.A. bilan birgalikda jasadni uyi hovlisiga kömib yuborganliklari aniqlangan.
B.S. va Z.A. uşlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Sirdaryoda MFY rais kotibi 24 yoşli qizning qotilligida gumonlanib uşlangan edi.











