Turkmanistonda qator xorijiy kompaniyalar iqtisodiy bosimning ösişi hisobiga savdolarni amalga oşiriş va mablağlarni olişda qiyinçiliklarga duç kelmoqda, bu asosan Markaziy Osiyo davlati tabiiy gaz eksportini keskin pasaytirgani bilan boğliq, deb yozmoqda Reuters.
Rasmiy statistika ma'lumotlaridan taşqari, amalda heç qanday iqtisodiy ma'lumot barqaror ösişni körsatmayapti, hamda ayrim çet ellik menejyerlarga köra, valyuta tanqisligi davlat sektori hukmron bölgan iqtisodiyotga zarba bermoqda.
Dunyoda eng yirik gaz zaxiralariga ega bölgan törtinçi davlat - Turkmaniston xorijiy va mahalliy kompaniyalar bilan şartnoma tuzişni davom ettirmoqda, biroq ba'zi loyihalar töxtab qolgan va Xalqaro valyuta jamğarmasi mamlakat xarajatlarini kamaytiriş yoki milliy valyuta - manatni devalvatsiya qiliş kerakligini aytmoqda.
«Hukumat moliyaviy resurslar tugamoqda, u yakuniga yetkazilgan bitimlarga tölamayapti, bunda yangilariga tölaş imkoniyati haqida gapirmasa ham böladi», - dedi Turkmanistonda operatsiyalarni töxtatgan turk metallurgiya va quriliş kompaniyasi Cakiroglu Grup boşqaruv kengaşi a'zosi Öğuzxon Çakiröğli.
Aşxobodning muammolari 2016 yilda boşlangan, öşanda Turkmaniston gazining asosiy xaridori Rossiya jahon energetika bozoridagi özgarişlar va narx haqida bahslarga sabab xaridni töxtatgan.
Xitoyga eksport Rossiyaga yetkazib beriş töxtatilişi oqibatida yetkazilgan zararlar örnini qoplay olmadi va 2016-2017 yillarda Turkmanistonning umumiy eksport daromadlari 8,0-8,5 milliard dollarni taşkil qildi. Bu mamlakat 2000 va 2014 yillar oraliğida olgan summaning taxminan yarmi.
Bunga javoban, prezident Gurbanguli Berdimuhamedov hukumati imtiyozli valyutani ustuvor loyihalar uçun uşlab turiş uçun uni tartibga solişni asta-sekin kuçaytira boşladi.
Qora bozorda manat kursi joriy yil boşida bir dollar kuç 13-14dan 17-18ga tuşib ketdi. Rasmiy almaşinuv kursi dollar uçun 3,5 manatni taşkil etadi.
Mahalliy xususiy kompaniyalar, jumladan iste'mol tovarlarini import qiluvçilar, söragan dollarlarning kiçik bir qismini olmoqda, deya xabar bergan turkman tadbirkorlari. Çakiröğli sözlariga köra, hukumat xorijiy pudratçilarga tölovlarni amalga oşirişda qiyinçiliklarga duç kelmoqda.












