Saudiya Arabistoni Qatar fuqarolariga muborak Ramazon oyining sönggi 10 kuni davomida Umra ziyoratini amalga oşiriş uçun qirollikka kirişga ruxsat berdi.
Saudiya Arabistonining Haj va Umra işlari böyiça vazirligi tomonidan seşanba kuni taqdim etilgan bayonotga köra, Qatar fuqarolari taşrifni amalga oşiriş uçun faqat rasmiy Saudiya kompaniyalari orqaligina murojaat qilişlari kerak.
Biroq şuni ta'kidlaş joizki, qatarlik ziyoratçilar qirollikka faqat charter reyslar orqali borişi mumkin, zero ikki mamlakat örtasidagi töğridan-töğri reyslar ötgan yilning iyunidan töxtatib qöyilgan.
Saudiya Arabistoni agentligi ma'lumotlariga köra, arizaçilar onlayn-viza olişni sörab murojaat qilişlari kerak, çunki hozirda Dohada Saudiya Arabistoni elçixonasi faoliyati töxtatilgan.
Saudiya birinçi marta qatarliklarga mamlakat hududiga kirişga izn bermoqda, zero ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar bir yil avval uzilgan.
Ötgan yilning 6 iyunida Saudiya Arabistoni, Misr, Birlaşgan Arab Amirliklari va Bahrayn Qatarni terrorçi guruhlarni qöllab-quvvatlaşda ayblab, u bilan aloqalarni uzişgan edi.












