"Muz yurak", "Öyinçoqlar tarixi", "Jonivorlar şahri" "Nemoni izlab", "Minionlar" kabi maşhur multfilmlarni körmagan odam kam bölsa kerak. Ular nafaqat yoş bolalar, balki kattalarning ham sevimli multfilmiga aylanib ulgurgan.
Sevimli multfilmlarimiz ular suratga olingan mamlakat iqtisodiyotiga milliardlab daromad keltirişidan xabaringiz bormi? Keling, şu örinda raqamlarga murojaat qilamiz.
"Muz yurak" multfilmi 2013 yilda Walt Disney Animation Studios tomonidan işlab çiqarilgan bölib, unga 150 million dollar sarmoya kiritilgan hamda 1 milliard dollardan ortiq foyda olingan.
"Minionlar" multfilmi 2015 yilda Illumination Entertainment tomonidan suratga olingan bölib, uning işlanişiga 74 million sarflangan hamda 1 milliard dollardan ziyod daromad olingan.
"Jonivorlar şahri» 2016 yilda Walt Disney tomonidan suratga olingan. 150 million dollar mablağ sarflangan va u ham 1 milliard dollardan ortiq daromad olgan.
"Nemoni izlab" multfilmi 2003 yilda Pixar tomonidan suratga olingan. Unga 94 million dollar mablağ sarflangan hamda 940 million dollardan ziyod daromad körilgan.
"Muzlik Davri 3" 2009 yilda Blue Sky Studios tomonidan suratga olingan, uning işlanişiga 90 million dollar mablağ sarflangan, daromadi esa 886 million dollardan oşgan.
Mana şu raqamlarning öziyoq animatsion filmlar sohasining naqadar serdaromad soha ekanligini isbotlaydi.








