Xitoy-Qirğiziston gaz quvuri qurilişi işlari 2019 yilda boşlanadi. Bu haqda jurnalistlarga Qirğiziston sanoat, energetika va yer osti boyliklaridan foydalaniş davlat qömitasi rahbari Ulan Risqulov ma'lum qilgan.

Avvaliga uşbu quvur qurilişi işlari 2016 yilda boşlanişi rejalaştirilgandi.

Ma'lum qilinişiça, quvur quriş böyiça kelişuvga özgartiriş kiritilgan.

«Biz uning foydalaniş muddatini uzaytirdik. Avval bu 35 yilga edi. Endi 41 yil», — deya qayd etgan Risqulov.

U Xitoy tomoni quriliş işlarini 2013 yili boşlaşi kerak bölgani, ammo obektiv sabablarga köra quriliş işlarini boşlaş işlari keçikib kelayotganini aytib ötgan.

«Endi işlar 2019 yilda boşlanadi. Biz uçun bu juda muhim. Quriliş işlari jarayonida 800ta yangi işçi örni yaratiladi. Keyin esa 200ga yaqin kişi doimiy iş örniga ega böladi», — deya qöşimça qilgan Ulan Risqulov.

Uşbu loyiha qiymati 1,2 mlrd dollarni taşkil etadi. Loyiha Turkmaniston gazini Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston orqali Xitoyga sotişni rejalaştirgan.

Gaz quvurining Qirğizistondagi uzunligi 215 kilometrni taşkil etadi. Qirğiz-xitoy gaz quvuri Qirğiziston va Tojikiston çegarasidagi «Karamyk» bekatidan boşlanib, Qirğiziston çegarasidagi Erkeçtam bekatida tugaydi.