Toşkent şahar Yaşnobod tumanidagi yuqori bosimli gaz quvuriga yuk maşinasining urilişi natijasida gaz sizib çiqiş holati kuzatildi. Bu haqda «Hududgazta’minot» matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa oqibatida «Boğbon» MFYdagi 300 ta yerli xonadon, «Arğin» MFYdagi 400 ta yerli xonadon va 15 ta ulgurji iste’molçida gaz ta’minoti vaqtinça töxtatilgan.
Ayni vaqtda tuman gaz ta’minoti bölimining avariya brigadasi tomonidan ta’mirlaş işlari olib borilmoqda. Avariya-tiklaş işlari yakunlangandan söng iste’molçilarni ogohlantirgan holda gaz ta’minoti qayta tiklanişi ma’lum qilindi.
Şuningdek, Samarqand viloyati Payariq tumanida ham yuqori bosimli gaz quvuriga yuk maşinasi şikast yetkazgan. Oqibatda «Payariq-2» Gsdan tabiiy gaz bilan ta’minlanuvçi 5200 xonadon va 81 ta ulgurji iste’molçida gaz ta’minoti vaqtinça töxtatilgan.

Ta’kidlanişiça, hozirda tuman gaz ta’minoti bölimining avariya brigadasi tomonidan ta’mirlaş işlari olib borilmoqda.













