Farğona viloyati Oltiariq tumanida kuçli şamol oqibatida gaz quvuri uzilib tuşdi.
Hodisa 4-oktabr kuni Oltiariq tumani «Böston» MFY Amir Temur köçasida sodir bölgan.
Xabar qilinişiça, diametri 76 mm bölgan örta bosimli keltiruvçi gaz quvurining avtomobil yöli ustidan ötgan arkali qismi kuçli şamol oqibatida uzilib, yerga tuşgan.
Avariyani bartaraf etiş brigadasi tomonidan yölga tuşgan gaz quvuri qismi kesib olinib, xavfsiz joyga qöyilgan.
Hodisa natijasida 60 ta xonadonning tabiiy gaz taʼminoti vaqtinça töxtatilgan.
















