Vaşington boşqa davlatlarga AQŞ biznesiga qarşi bojlar kiritişga ruxsat bermaydi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterda yozdi.
Tramp bunday xabarni Kanadada “Katta yettilik” sammiti yakunlangandan keyin qoldirgan.
“AQŞ boşqa davlatlar davlatimizga öz mahsulotini yiğimlarni tölamasdan jönatayotgan bir paytda ularga fermerlarimiz, işçi va kompaniyalarimizga qarşi katta bojlar va savdo çeklovlari kiritişga ruxsat bermaydi. Biz önlab yillar savdoda özboşimçalikka çidadik va bu juda uzoq çözilib ketdi”, deb yozgan Tramp.
Tramp “Katta yettilik” sammitidan biroz avvalroq Yevropa ittifoqi va Kanadadan import qilinuvçi pölat va alyuminiyga bojlar kiritgandi. 7 iyunda “Blumberg” axborot agentligi Fransiya Germaniyadan keyin AQŞ bilan bir qator masalalar böyiça kelişmovçilik ortida G7 sammitining qöşma bayonotini imzolamasligi mumkinligini Vaşingtonga tuşuntirib qöyganini ma'lum qilgandi.












