Özbekiston yoşlar ittifoqi Çilonzor tuman mahalliy Kengaşi taşabbusi bilan Çilonzor tuman hokimligi hamkorligida “Yoşlar - kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosini ta'minlaş, ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati çeklangan bolalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari holidan doimiy xabar olib turiş, bir qator öğil bolalarning xatna töylarini munosib nişonlaş maqsadida 2018 yil 9 iyun kuni tumanda joylaşgan “Afröz” töyxonasida “Yoşlar - kelajagimiz” şiori ostida 22-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilaridan 10 nafarining sunnat töyi marosimi taşkil etildi. Bu haqda Çilonzor tuman hokimligining matbuot xizmati KUN.UZ’ga xabar bermoqda.

Foto: Çilonzor tuman hokimligi matbuot xizmati
Foto: Çilonzor tuman hokimligi matbuot xizmati

Taşkil etilgan sunnat töyi marosimiga 22-Mehribonlik uyining 105 nafar tarbiyalanuvçisi hamda 10 dan ortiq tarbiyaçi onalari va Mehribonlik uyi rahbariyati taklif etildi.

Tadbirni Çilonzor tuman hokimi D. Hidoyatov kiriş sözi bilan oçib berdi. Kiriş sözida sunnat töyi bölayotgan bolajonlarni tabriklab, kelajakda yetuk inson bölib yetişişlarini tiladi. 

Şundan söng, tuman imom xatibi taşrif buyurib, tadbir iştirokçilariga Ramazon oyida qilinadigan ezgu amallarning xosiyati, yoşlarning odob-axloq qoidalari, yoşlar tarbiyasi, mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik, keng kölamli obodonlaştiriş işlari töğrisida ma'ruza qildi.

Foto: Çilonzor tuman hokimligi matbuot xizmati

Tadbir yakunida 10 nafar töyi nişonlanayotgan bolajonlarga Özbekiston yoşlar ittifoqi Çilonzor tuman Kengaşi hamda tuman hokimligi nomidan esdalik sovğalari taqdim etildi.