Xorazmda oilaviy mehribonlik uyi rahbari öz vasiyligidagi 3 nafar voyaga yetmagan qizni 2021 yil may oyidan 2022 yil fevralgaça, ya’ni 10 oy davomida turli erkaklar bilan jinsiy aloqa qilişga majburlab kelgan. Mijozlar viloyat adliya boşqarmasining boşliği hamda tuman favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği ekanligi aniqlandi.
Bu voqealar sodir böla boşlagan 2021 yilning may oyida oilaviy mehribonlik uyi Xalq ta’limi vazirligi qaramoğida bölgan. Keyinçalik, 2021 yilning avgust oyidan prezidentning tegişli qarori bilan Milliy gvardiya qaramoğiga ötkazilgan.
Milliy gvardiya Xorazm viloyati boşqarmasi boşliğining ma’lum qilişiça, mazkur oilaviy mehribonlik uyidagi nosoğlom muhit yuzasidan tegişli organlarga oldinroq yozma ma’lumot berilgan.
“Urganç şahridagi mazkur oilaviy mehribonlik uyi 2021 yil fevral oyida taşkil etilgan hamda Xiva şahridagi bolalar şaharçasidan 9 nafar bola tarbiyaga olingan. U paytda oilaviy bolalar uylari Xalq ta’limi vazirligi qaramoğida edi. Prezidentning 2021 yil 9 avgustdagi tegişli qarori bilan respublikadagi barça mehribonlik uylariga, bolalar şaharçalariga Milliy gvardiya mas’ul etib belgilandi.
Mazkur qarordan söng biz oilaviy mehribonlik uylari bilan işlaşni boşladik hamda ularga bir nafardan mutaxassisligi asosan psixolog bölgan xodim biriktirdik.
Mana şu oilaviy mehribonlik uyi bilan işlaş jarayonida biriktirilgan xodim ham taşrifi davomida u yerdagi muhit unçalik yaxşi emasligini aniqlagan. Biz bu yuzasidan 2021 yilning avgust-sentabr oylarida belgilangan tartibda tegişli organlarga mazkur oilaviy mehribonlik uyini nazoratga oliş yoki kelgusi faoliyatini körib çiqiş kerakligi haqida yozma ma’lumotlar berganmiz.
Örganiş işlari davomida faqat 3 nafar tarbiyalanuvçiga nisbatan mana şunaqa salbiy holatlar aniqlangan. Boşqa tarbiyalanuvçilarga nisbatan bunaqa xatti-harakatlar sodir etilganligi aniqlanmagan. Mazkur holatdan söng barça tarbiyalanuvçilar ularning xavfsizligini ta’minlaş böyiça boşqa oilaviy bolalar uylariga köçirilgan yoki özining yaqinlariga qaytarilgan.
Bugungi kunda 3 nafar qizning xavfsizligi ta’minlangan, töliq özimizning himoyamizga olganmiz. Ulardan biri qöşimça kvota asosida oliy ta’lim muassasasi talabasi bölgan. Qolgan 2 nafari öz yaqinlariga vasiylikka berilgan







