2023 yil holatiga köra, Özbekistonda 23 ta Mehribonlik muassasasi faoliyati tugatildi. Şundan, 14 tasi «Mehribonlik uyi», 4 tasi «Bolalar şaharçasi», 5 tasi «Bolalar uyi». Bu haqda Milliy gvardiya rahbariyati ma’lumot berdi.
Qayd qilinişiça, Mehribonlik muassasalaridan 2448 nafar tarbiyalanuvçi çiqarilgan.
Şundan:
– 694 nafari ota-onasi va yaqin qarindoşlariga qaytarilgan, 516 nafari farzandlikka, vasiylikka, homiylikka, patronatga berilgan;
– 753 nafari «Oilaviy bolalar uyi»ga ötkazilgan, 211 nafari öqişga kirgan (50 nafari oliy, 161 nafari örta-maxsus ta’lim muassasasiga);
– 18 yoşga tölgan 118 nafari mustaqil hayotga çiqarilgan, 156 nafari muruvvat, saxovat va boşqa mehribonlik muassasalariga ötkazilgan va hisobdan çiqarilgan.
Hozirda 2 ta Mehribonlik muassasasida 255 nafar tarbiyalanuvçi saqlanmoqda.
Faoliyat yuritayotgan jami 138 ta «Oilaviy bolalar uyi»da 744 nafar bola tarbiyalanmoqda.
Soğliqni saqlaş tizimidagi 13 ta «Gödaklar uyi»da 531 nafar bola tarbiyalanmoqda.








