Unga köra, 2024 yil 1 yanvardan boşlab Soğliqni saqlaş vazirligi tizimidan bolalar uylari; Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimidan mehribonlik uylari; mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari tizimidan voyaga yetmaganlar bilan işlaş sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga ötkazildi.

Şu paytga qadar Bolalar uylari Soğliqni saqlaş vazirligi tizimida, Mehribonlik uylari Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimida, Bolalarni himoya qiliş şu’balari hamda oilaviy bolalar uylari esa mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari tizimida bölgan.

Şuningdek, 2024 yil 1 avgustdan boşlab:

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimidan alohida ta’lim ehtiyojlari bölgan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktablar va maktab-internatlar, köp tarmoqli ixtisoslaştirilgan maktabgaça ta’lim taşkilotlari hamda ixtisoslaştirilgan öquv-tarbiya muassasalari;
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidan imkoniyatlari çeklangan şaxslar uçun ixtisoslaştirilgan kasb-hunar maktablari agentligi tizimiga ötkaziladi.

Bundan taşqari, 2025 yil 1 yanvardan boşlab:

Içki işlar vazirligi tizimidan muayyan yaşaş joyiga ega bölmagan şaxslarni reabilitatsiya qiliş markazlari;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimidan Ijtimoiy suğurta jamğarmasi ham agentlikka ötkaziladi.