Urganç tumanida yaşovçi fuqarolardan biriga içimlik suvi böyiça yuklatilgan 4 million sömlik qarzdorlik olib taşlandi. Özbekiston Respublikasi iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.
Manbaga köra, Urganç tuman iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga tumanning Mustaqillik köçasida yaşovçi fuqaro S.Zaripova murojaat qilgan.
Murojaatda körsatilişiça, TMSQFB Urganç tuman bölimi içimlik suvidan iste'molçiga asossiz ravişda 4 million söm qarz hisoblagan.
Tuman jamiyati uşbu murojaat yuzasidan iste'molçi manfaatini közlab, noreal qarzdorlikni olib taşlaş böyiça Urganç tuman ma'muriy sudiga da'vo arizasini kiritdi.
Ma'muriy sudning qaroriga asosan iste'molçiga yuklatilgan 4 million söm qarzdorlik olib taşlandi.











