Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Içki işlar vazirligining «Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi ozodlikdan mahrum qiliş turidagi jazoni ijro etiş muassasalarining içki tartib qoidalariga qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi buyruği e'lon qilindi.

Içki işlar vazirligi ozodlikdan mahrum qiliş turidagi jazoni ijro etiş muassasalarining içki tartib qoidalariga quyidagi qöşimçalar kiritilişi rejalaştirilgan: 

267-band quyidagi mazmundagi ikkinçi xatboşi bilan töldiriladi:

«Advokatlar özlarining himoya ostidagi şaxslar bilan audio va video kuzatuv qurilmalari bölmagan maxsus xonalarda hamda begona şaxslarning iştirokisiz öz vaqtida va heç qanday tösiqlarsiz uçraşişi ta'minladi, bunda advokat va himoya ostidagi şaxsning suhbatini uçinçi şaxslar eşitişini istisno etgan holda ularni vizual körib turiş imkoniyati saqlab qolinadi.».

268-band quyidagi mazmundagi ikkinçi xatboşi bilan töldiriladi:

«Advokatning mahkum bilan uçraşiş jarayonida elektron vositalardan (mobil telefon, fotoapparat va diktofon) foydalaniş imkoniyati yaratiladi. Bunda advokat tomonidan elektron vositalardan ma'lumotlarni qayd etiş bilan boğliq bölmagan boşqa maqsadlarda foydalaniş taqiqlanadi.».

Quyidagi mazmundagi 268-1-band bilan töldiriladi:

«268-1. Advokat tomonidan elektron vositalardan ma'lumotlarni qayd etiş bilan boğliq bölmagan boşqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda uçraşuv muddatidan ilgari töxtatilib, JIEM boşliği tomonidan uşbu holat yuzasidan tekşiruv tayinlanadi. Tekşiruv natijalari xulosa nusxasi bilan birga JIEBBga, Özbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tegişli hududiy boşqarmasiga va guvohnoma bergan hududiy adliya organiga zudlik bilan yuboriladi.».