Afğoniston hukumati bir tomonlama ravişda “Tolibon” harakati bilan öt oçişni töxtatiş tartibini yana 10 kunga uzaytirdi. Yaraşuv muddati 20 iyunda tugaşi kerak edi.
Avvalroq mamlakat prezidenti Aşraf Ğani Ramazon oyi yakunlanayotgani va muborak Ramazon hayiti nişonlanişi munosabati bilan 11 iyundan 19 iyungaça toliblar bilan vaqtinçalik yaraşuv e'lon qilgandi. 16 iyunda Ğani uşbu yaraşuv uzaytirilişini ma'lum qilgandi. Öz navbatida “Tolibon” ham Ramazon hayitining ilk 3 kuni öt oçişni töxtatişini ma'lum qilgandi. Biroq harakat uni uzaytirişni istamayapti.
Ma'lum qilinişiça, “Tolibon” vakili toliblarning yaraşuvi hukumatniki bilan heç qanday umumiy jihatga emasligini va jangarilar mamlakatda öz faoliyatini tiklaş haqida buyruq olib bölişganini ma'lum qilgan. “Tolibon” bayonotida aytilişiça, yaraşuv yakunlanişi bilan toliblar “amerikalik bosqinçilar va ularning malaylari”ga qarşi kuraşişni davom ettiradi.












