Saudiya Arabistonida Qirollik tomonidan ötkazilgan kampaniyada turar-joy, mehnat va çegara xizmatlari bilan boğliq qonunçilikni buzgan 1,25 milliondan ziyod kişi qölga olindi. ArabNews şu haqida xabar berdi.
Ötgan yilning 16 noyabrida boşlanib, joriy yilning 14 iyunida tugagan xavfsizlik kampaniyasida 1 251 966 kişi qölga olingan. Ulardan 931 069 nafari - turar-joy qonunçiligini, 218 897 kişi - mehnat qonunçiligini va 102 000 nafari çegara xavfsizlik qoidalarini buzganlikda gumonlanmoqda.
Qirollik çegarasini kesib ötişga uringanlarning umumiy soni 19 233 kişini taşkil qilgan. Ularning 54 foizi yamanliklar, 43 foizi efiopiyaliklar va 3 foizi boşqa mamlakat vakillari bölgan.
Şuningdek 790 kişi Saudiya Arabistoni hududini noqonuniy tark etişga uringan.
Mehnat qonunçiligini buzgan kişilarni yaşiriş va taşişda gumon qilingan 2167 kişi, qoidabuzarlarni yaşiriş va taşişda gumonlangan 415 kişi qölga olingan. 388 kişiga nisbatan tartibga çaqiriş çoralari körilgan, keyinçalik ular qöyib yuborilgan.
Hozirga kelib qölga olinganlar soni 10 245 kişini taşkil qilmoqda. Bulardan 8817 nafari - erkak, 1428 nafari - ayol kişi. 221 404 kişiga nisbatan jarimalar kiritildi, 177 329 qoidabuzar hujjatlarni tartibga keltirişi uçun tegişli diplomatik vakolatxonalarga yöllandi, 327 034 nafari esa deportatsiya qilindi.












