AQŞ prezidenti Donald Tramp mudofaa vazirligiga harbiy-koinot kuçlarini zudlik bilan şakllantirişga körsatma berdi.
“Agar gap Amerikani himoya qiliş haqida ketsa, unda AQŞning koinotda şunçaki bölişi yetarli emas. Bizga AQŞning koinotdagi ustunligi zarur”, deb aytgan Tramp Vaşingtondagi çiqişida.
Trampning ta'kidlaşiça, harbiy-koinot kuçlari mamlakat qurolli kuçlarining tölaqonli “oltinçi tarmoği” bölişi lozim.
AQŞ prezidentining aytişiça, Vaşington koinotda ustunlikka erişmoqçi va Rossiya hamda Xitoydan ortda qolmoqçimas.
“Men kelganimda, bizning koinot böyiça rejalarimiz unça yaxşi emasdi, biroq hozir hammasi özgardi, bizda bu borada köproq optimizm bor. Biz Xitoy, Rossiya va boşqa davlatlar öz ortidan bizni yetaklab yurişini istamaymiz. Biz doim yetakçilik qilganmiz va bizda kelgusi harakatlar uçun katta maydon bor”, deb aytgan Tramp.
Fevral oxirida AQŞ harbiy-havo kuçlari boşliği Devid Goldfeyn koinotda uruş yuz berişi bir neça yillik masala ekanini aytgandi. Uning fikriça, Vaşington koinotda ustunlikka erişmoği lozim.
Space News ma'lumotlariga köra, AQŞ harbiy-havo kuçlarining joriy yildagi byudjyetida koinot dasturlariga 7,75 mlrd dollar ajratiş közda tutilgan. Keyingi yilda bu qiymatni 8,5 mlrd dollargaça oşiriş rejalaştirilgan.












