Jahon çempionati G guruhidan örin olgan Angliya hamda Tunis terma jamoalari örtasidagi öyin öz nihoyasiga yetdi. "Volgograd Arena"da keçgan uçraşuv inglizlarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
11-daqiqada Keyn hisobni oçdi. 35-daqiqada Sassi penaltidan unumli foydalanib, oradagi farqni yöqqa çiqardi. Asosiy vaqt uçun qöşib berilgan ilk daqiqada Keyn gol urib, jamoasiga ğalaba keltirdi.
1-tur yakuniga köra Angliya terma jamoasi 3 oçko töplagan holda töplar nisbatiga köra Belgiyadan keyin ikkinçi örinni band qilib turibdi. 3-örinni Tunis band qilib turgan bölsa, sönggi poğonani Panamaga egallagan.

G guruhi
Tunis - Angliya - 1:2 (1:1)
Gollar: Keyn, 11 (0:1). Sassi, 35 - penalti (1:1). Keyn, 90+1 (1:2).
Tunis: Assen (Ben Mustafa, 16), Bronn, S.Ben Yussef, Meria, Maalul, Skiri, Sassi, Badri, Sliti (Ben Amor, 74), F.Ben Yussef, Xazri (Xalifa, 85).
Angliya: Pikford, Stouns, Maguayr, Uoker, Tripper, Xenderson, Lingard (Dayyer, 90+3), Alli (Loftus-Çik, 80), Yang, Keyn, Sterling (Reşford, 68).
Ogohlantirişlar: Uoker, 33.













