Şimoliy Koreya yaqin bir neça kun dvomida 1950-1953 yillardagi Koreya uruşi vaqtida halok bölgan yoki bedarak yöqolgan AQŞ harbiylarining jasad qoldiqlarini topşiriş jarayonini boşlaşi mumkin. Bu haqda Reuters Qöşma ştatlardagi rasmiy manbalarga asosan xabar qilmoqda.

«KXDR kelayotgan bir neça kun içida Koreya uruşi davrida bedarak yöqolgan harbiy xizmatçilar jasad qoldiqlarini topşiriş jarayonini boşlaşi mumkin. Ular orasida amerikaliklar ham bor», - degan manba.

Ta'kidlanişiça, Şimoliy Koreya jasad qoldiqlarini BMTning Janubiy Koreyadagi qömondonligiga topşiradi, şundan söng ular Gavayidagi harbiy-havo kuçlarining Xikem bazasiga olib ketiladi.

Rejalarga köra, Pxenyan «ança köp jasad qoldiqlarini» topşiradi, biroq bu boradagi aniq raqamlar oşkor etilmayapti.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kim Çen In Putinga nima haqida yozgani ma'lum bölgandi.