Bugun özbek futbol muxlislarini Ravşan Ermatovning iştirokidan taşqari, yana bir debyut kutib turibdi. 

Maşhur futbol şarhlovçisi Xayrulla Hamidov 12 yillik tanaffusdan söng jahon çempionati öyinlarini şarhlaydigan böldi. Bu kelişuv Özbekiston Futbol assotsiatsiyasi taşabbusi bilan amalga oşgan.  

"Uzreport TV" kanali va Özbekiston Futbol assotsiatsiyasiga yöllangan juda köp murojaatlar va futbol muxlislari talab va istaklarini inobatga olib, "Uzreport TV" telekanali Xayrulla Hamidov bilan hamkorlik qiladigan böldi. Aslida MTRK “Sport” xodimi bölgan şarhlovçi Xayrulla Hamidov mundial paytida şartnoma asosida, "Uzreport TV" va "Futbol" kanallarida jonli translyatsiya qilinadigan ba'zi öyinlarini şarhlaydi. 

Bir neça daqiqalardan söng, soat 17.00 da boşlanadigan Daniya va Avstraliya örtasidagi öyinda sevimli şarhlovçingizning ovozini "Uzreport TV" telekanalidagi translatsiya orqali eşitişingiz mumkin böladi.