Şveytsariya terma jamoasi jahon çempionati E guruhining 2-tur öyinida Serbiya ustidan ğalaba qozondi. "Kaliningrad" stadionida keçgan öyin Şveytsariyaning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Sebriya Mitroviçning 5-daqiqadagi goli evaziga hisobni oçdi. Ikkinçi bölimning 7-daqiqasida Jaka oradagi farqni tenglaştirdi. 90-daqiqada esa Şakiri öz imkoniyatidan foydalanib, Şveytsariyaga ğalaba keltirdi.
Şveytsariya terma jamoasi 4 oçko töplagan holda öz guruhida 2-örinni egallab turibdi. Serbiya esa 3 oçko bilan 3-poğonani band qilgan. Braziliya terma jamoasi Şvetsariya bilan bir xil oçko töplab, töplar nisbatiga köra guruhda peşqadamlik qilayotgan bölsa, hali oçko olmagan Kosta-Rika sönggi örinni egallab turibdi.
JÇ-2018. Ye guruhi. 2-tur
Serbiya – Şveytsariya – 1:2 (1:0)
Gollar: 1:0 – 5 Mitroviç, 1:1 – 52 Djaka, 1:2 – 90 Şakiri.
Serbiya: Stoykoviç, Milenkoviç, Kolarov, Ivanoviç, Toşiç, Milivoyeviç (Radoniç, 81), Matiç, Milinkoviç-Saviç, Tadiç, Kostiç (Lyayiç, 65), Mitroviç.
Şveytsariya: Zommer, Şer, Rodriges, Lixtştayner, Akandji, Bexrami, Jaka, Jyemaili (Embolo, 73), Şakiri, Tsuber, Seferoviç (Gavranoviç, 46).
Ogohlantirişlar: Milinkoviç-Saviç (33), Milivoyeviç (39), Matiç (45), Mitroviç (87).









