25 iyun kuni Navoiy viloyatining Navbahor tumanida Konimex tumani Şörtepa mahallasida yaşagan N.M. işonç qoğozi bilan boşqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomaşinani “Nurota-Navoiy” yölining 16-km.da haydab ketayotib, qarama-qarşi tomondan harakatlanib kelayotgan Nurota tumanida yaşovçi “Ziyo trans Navoiy” MÇJ haydovçisi I.T. boşqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomaşinasi bilan töqnaşuv sodir etgan. 

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, natijada “Neksiya” avtomaşinasi haydovçisi N.M. va “Kobalt” avtomaşinasi yölovçisi N.T. jarohat olib voqea joyida halok bölgan.

“Kobalt” avtomaşinasi haydovçisi I.T. va yölovçisi, mahalladoşi T.Ç. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan hamda yana bir nafar yölovçi, mahalladoşi M.Ş.ga kasalxonada tibbiy yordam körsatilgan.