26 iyun Toşkent viloyatining Piskent tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilişiça, şu tumanda yaşovçi, tuman “Toza hudud” unitar korxonasi işçisi muqaddam sudlangan A.R. va Çölpon köçasida yaşovçi şu korxona işçisi muqaddam sudlangan S.I. mast holda iş joylariga kelib, şu korxona qorovuli O‘.X.ni kuç işlatiş yöli bilan qörqitib, şu korxona iş boşqaruvçisi B.M.ga tegişli temir seyf qulfini buzib oçib, içidan 2 mln. 750 ming söm pulini olib voqea joyidan yaşiringanlar.
Körilgan çoralar natijasida A.R. va S.I. uşlangan.












