Toşkent viloyati Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripovning fermerlarga nisbatan harakati yuzasidan Fermerlar kengaşi, Biznes-ombudsman hamda hokimlikning özi munosabat bildirdi. Fermerlar kengaşi va Biznes-ombudsman fermerlarni, hokimlik esa hokimni himoya qilmoqda.
“Prokuraturaga murojaat kiritildi”
Fermerlar kengaşi Muzaffar Aripovning harakatiga huquqiy baho berişni sörab prokuraturaga murojaat qildi. Bu haqda kengaş matbuot xizmati xabar berdi.
Kengaş heç narsa insonning şaʼni va qadr-qimmatini kamsitiş uçun asos bölmasligini maʼlum qilgan.
“Bu kabi holatlar tadbirkorlik subyekti faoliyatiga noqonuniy aralaşuv sifatida körilib, mamlakatning xalqaro imijiga özining salbiy taʼsirini körsatişi mumkin. Şu bois, Özbekiston fermerlari kengaşi 2026-yil 9-oktabr kuni prokuratura organiga Piskent tuman hokimining xatti-harakatlariga huquqiy baho berilişida amaliy yordam sörab murojaat qildi”, deyiladi xabarda.
“Holat nazoratga olindi”
Holat yuzasidan Biznes-ombudsman ham munosabat bildirib, tadbirkorning şaʼni va qadr-qimmati qonun himoyasida ekanini eslatdi.
“Şaxsning şaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitiş, yaʼni haqorat qiliş qonunçilikka muvofiq javobgarlikka sabab böladi. Holat Biznes-ombudsman tomonidan nazoratga olindi. Bu böyiça huquqiy baho beriladi”, deya taʼkidlangan munosabatda.
Şuningdek, Biznes-ombudsman tadbirkorlar va fermerlar öz şaʼni va qadr-qimmati kamsitilgan, haqorat qilingan yoki huquqlari buzilgan deb hisoblaşsa, 1100 qisqa raqami yoki +998712020898 telefon raqami orqali murojaat qilişlari mumkinligini qöşimça qilgan.
“Yer fermerning xususiy mulki emas”
Piskent tumani hokimligi öz rasmiy munosabatida fermerlarning özini aybdor qildi. Hokimlik “yer fermerning xususiy mulki emas”ligiga eʼtibor qaratib, “kartoşka ekilmasa, bozorda narx qimmatlaşsa, jabrini çekuvçi yana özlari” bölişini taʼkidlagan.












