Piskent tumani hokimiga intizomiy jazo qöllanildi. 13-oktabr kuni Toşkent viloyati hokimi şu haqdagi farmoyişni imzolagan.

Hujjatda keltirilişiça, Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatçilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilişini taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori talablariga rioya qilmagan. Şuningdek, u davlat xizmatçisining kasb etikasini buzgani qayd etilgan.

Şu sabablarga asosan Muzaffar Aripovga nisbatan hayfsan intizomiy jazo çorasi qöllanilgan.

Hujjatga asos sifatida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining taqdimnomasi, viloyat hokimligi Odob-axloq komissiyasi bayoni, Muzaffar Aripovning tuşuntiriş xati keltirilgan.

Avvalroq Piskent tumani hokimi fermerlarga yerini tortib olişini aytib, bosim qilgandi. Hokim fermerlarga “hazillaşmaslikni, öynaşmaslikni, yeri narida tursin, jonini suğurib olişini” aytgan.

Şundan söng Fermerlar kengaşi Muzaffar Aripovning harakatiga huquqiy baho berişni sörab prokuraturaga murojaat kiritganini, Biznes-ombudsman holat nazoratga olinganini maʼlum qildi. Piskent tumani hokimligi esa rasmiy munosabatida fermerlarning özini aybdor qilib, “yer fermerning xususiy mulki emas”ligini bildirgan.