Samarqand şahrining "Yevropa" qismida noqonuniy qurilayotgan köp qavatli binoni buziş işlari boşlandi. KUN.UZ manbasining xabar berişiça, hozir bu masala sud tomonidan örganilib, tegişli çoralar körilmoqda.

Ta'kidlaş joizki, bu işni şaxsan boş vazir Abdulla Aripovning özi borib nazoratga olmaguniça, Samarqand viloyati hokimligi tomonidan zarur qat'iy çoralar körilmagan. Quriliş işlari noqonuniy amalga oşirilayotganiga qaramasdan, viloyat hokimligi bunga nisbatan heç qanday çora körmagan. Endi bu işni sudga oşiriş orqali binoni buziş işlari yölga qöyilmoqda. Bunday çora-tadbirlar noqonuniy quriliş işlarini amalga oşirmaslik uçun barçaga örnak bölişi şubhasiz.

23 iyun kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov Samarqandga taşrif buyurib, şaharning tarixiy qismida olib borilayotgan quriliş işlari bilan tanişgani haqidagi xabar KUN.UZ'da taqdim etilgan edi. 

Samarqandning "Yevropa" qismidagi noqonuniy quriliş

Aripov şaharning tarixiy qismida olib borilayotgan quriliş işlari davomida Özbekistonda amal qilayotgan xalqaro hujjatlarga töliq rioya etilişini talab etgan. Jumladan, YuNeSKO butunjahon merosi röyxatiga kirgan hududda olib borilayotgan quriliş va obodonlaştiriş işlari şaharning tarixiy binolari qiyofasini buzmasligi kerakligini qayd etgan. 

Boş vazir yöl qöyilgan qonunbuzarliklar uçun qat'iy çoralar qöllanilişini bildirib ötgan.