Farrux Soyibjonoviç Abduraimov 5 yil muddatga Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinçi örinbosari – sudlov hayʼati raisi lavozimiga saylandi. U bungaça Sirdaryo viloyat sudi raisi lavozimida işlab kelayotgandi.

Öz navbatida, Alişer Otaxonoviç Usmonov Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi.

Mazkur ikki masala Oliy Majlis Senati Kengaşining 3-noyabr kungi majlisida körib çiqildi va tegişli qaror bilan rasmiylaştirildi.

Alişer Usmonov Oliy sud raisining birinçi örinbosari lavozimida 2025-yil sentabr oyidan buyon işlab kelayotgandi.