Qaşqadaryo viloyati Qarşi şahrida “Vatanparvar” boğining quriliş işlari davom etmoqda. Uşbu boğni barpo etiş uçun viloyat harbiy-ma'muriy sektor tomonidan 25 milliard söm ajratilgan bölib, hozirgi kunda boğning smeta-loyihasi işlab çiqildi va quriliş işlari olib borilmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bugungaça 4 milliard sömlik işlar bajarilgan.
“Vatanparvar” boği Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28—29 yanvar kunlari Qaşqadaryo viloyatiga qilgan taşrifi çoğida bergan topşiriqlari ijrosini ta'minlaş, viloyatda yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, maktab öquvçilarida harbiy kasbga havas uyğotiş maqsadida bunyod etilmoqda.
Boğ hududidan muzey, amfiteatr, turli attraksionlar, avtodrom, elektron tir, paraşyutdan sakraş maydonçasi, Mudofaa vazirligi taqdim etgan harbiy texnika va samolyotlar maketlari örin oladi.
Boğga taşrif buyuruvçilarning maroqli va mazmunli hordiq çiqarişi uçun kelajakda barça kerakli şaroitlar yaratiladi.










