Rossiyada jahon çempionati öyinlari davom etmoqda.

N guruhida Senegal terma jamoasi Kolumbiyaga 0:1 hisobida yutqazdi va faqat qöşimça körsatkiçlar (sariq kartalar) soni böyiça Yaponiyaga 2-örinni boy berib, guruhda qolib ketdi.

Natijada Afrika qit'asidan jahon çempionatida iştirok etgan birorta terma jamoa pley-offga çiqolmadi. Avvalroq, Misr, Marokaş, Nigeriya va Tunis guruhda qolib ketgan edi.

Qiziği şundaki, bu sönggi 36 yilda ilk marotaba sodir böldi. Oxirgi marta «Qora qit'a» vakillari 1982 yilda ötkazilgan jahon çempionatida guruhdan çiqolmagan edi.

Sönggi 36 yil içida ötkazilgan jahon çempionatlarida guruhdan çiqqan afrikalik terma jamoalar: 

JÇ-2018 - 
JÇ-2014 Nigeriya va Jazoir
JÇ-2010 Gana
JÇ-2006 Gana
JÇ-2002 Senegal
JÇ-1998 Nigeriya
JÇ-1994 Nigeriya
JÇ-1990 Kamerun
JÇ-1986 Marokaş
JÇ-1982 -