28 iyun kuni Qoraqalpoğiston Respublikasining Törtköl tumanida, Beruniy tumanida yaşovçi X.R. özining “Neksiya” rusumli avtomaşinasini “Ğuzor-Buxoro-Nukus-Qönğirot-Beyneu” yölining 563-km.da haydab ketayotib şu yönalişda oldinda harakatlanib ketayotgan O.A. boşqaruvidagi “Mersedes-Bents” rusumli yuk avtomaşinasiga orqa qismiga urilib töqnaşuv sodir etgan. 

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, natijada “Neksiya” avtomaşinasi yölovçisi S.U. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.