Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillaştiriş konsepsiyasi töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksi loyihasini işlab çiqişni muvofiqlaştiriş va samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarini bekor qiliş böyiça yangilangan işçi komissiya tarkibi tasdiqlandi.

Işçi komissiya (B.Mavlonov):

bir hafta muddatda tegişli yönalişlar böyiça ekspert guruhlari faoliyatini, şu jumladan, ular işiga soliqqa tortiş sohasida amaliy tajribaga ega ekspertlar va biznes vakillarini jalb qilgan holda taşkil etadi;

2018 yil 1 noyabrga qadar samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarini bekor qiliş, Özbekiston Respublikasining Soliq va Bojxona kodekslariga muvofiq doimiy amalda böladigan soliq hamda bojxona imtiyozlarini taqdim etiş tartibini joriy qiliş böyiça takliflar tayyorlaşni ta'minlaydi

2018 yil 1 dekabrga qadar yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksi loyihasini Xalqaro valyuta jamğarmasi, Jahon banki va boşqa taşkilotlar ekspertlarini jalb qilgan holda Özbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillaştiriş konsepsiyasining asosiy yönalişlaridan kelib çiqib, uning keng jamoatçilik muhokamasini ta'minlagan holda işlab çiqişni ta'minlaydi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksi loyihasini tayyorlaşda va Özbekiston Respublikasi soliq tizimini isloh qilişda texnik jihatdan kömaklaşişni ta'minlaş uçun Xalqaro valyuta jamğarmasi va Jahon bankining özaro hamkorligini taşkil etiş çoralarini köradi.