AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakçisi Vladimir Putin bilan taşkillaştiriladigan uçraşuv çoğida qurollaniş poygasi masalasini muhokama qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Biz sayyoramizda yuz berayotgan voqea-hodisalar haqida gaplaşamiz. Tinçlik (peace) haqida söz yuritamiz. Biz hattoki qurollarga sarflanayotgan millionlab dollarlarni tejab qoliş haqida fikr almaşişimiz mumkin... biz avval heç kim va heç qaçon körmagan kuçni yaratmoqdamiz», - deya aytib ötgan Tramp.
Avvalroq, Donald Tramp Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarning bekor qilinişi uning xatti-harakatlariga boğliq ekanini aytgandi.
Eslatib ötamiz, bundan avval Tramp Putin bilan Suriya böyiça kelişuvga erişmoqçi ekani ma'lum qilingandi.












