AQŞ davlat departamenti Xitoydagi diplomatik vakolatxonalaridagi 11 xodimini göyoki ular “akustik hujumlar” sababli özlarini yomon his qilayotganlari sababli ortga evakuatsiya qildi. Bu haqda The New York Times naşri ma'lum qildi. Ilk bunday holat may oxirida qayd qilingan, biroq Xitoy hukumati öşanda amerikalik diplomatlarga taşqi ta'sir bölgani alomatlari aniqlanmaganini ta'kidlagan.

Naşr manbalarining ma'lum qilişiça, 8 kişi AQŞning Guançjoudagi boş konsulligidan, bir kişi Şanxaydagi boş konsulligidan, yana 2 kişi Pekindagi elçixonasidan evakuatsiya qilingan. Diplomatlar AQŞda tibbiy köriqdan ötkaziladi.

Naşr ma'lumotlariga köra, “akustik hujum” bilan boğliq vaziyat AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeoning xitoylik hamkasbi Vang Yi bilan telefon muloqoti mavzularidan biri bölgan. Rasman esa muzokaralar Koreya yarimorolining yadrosizlanişiga bağişlangani ta'kidlangan. 

AQŞning Xitoydagi diplomatik missiyalari vakillari vaziyatga izoh berişdan boş tortişgan. Biroq davlat departamentida bir neça diplomat va ularning oilalari AQŞga körikdan ötgani uçib ketişgani tasdiqlangan.

Xitoyda yuz bergan uşbu voqea Kubadagi amerikalik diplomatlar bilan yuz bergan voqeani eslatmoqda. AQŞ ma'muriyatida ikki yildan beri bir neça amerikalik diplomat Kubada taşqi ta'sirga uçragani ta'kidlab kelinadi.