5 iyunda Meksikaning Tultepek munitsipalitetida (Mexiko ştati) pirotexnika işlab çiqaruvçi ustaxonalarda sodir bölgan portlaşlar oqibatida 19 kişi halok böldi, 31 kişi yaralandi. Bunday ma'lumotlarni ştat hukumatiga iqtibos keltirgan holda Televisa telekanali keltirdi.
Tultepekda ikkita portlaş yuz bergan. Ikkinçi portlaş voqea joyiga yetib kelgan şifokorlar, politsiyaçilar va öt öçiruvçilar jabrlanganlarga yordam berayotganlarida yuz bergan. Oqibatda bir neça öt öçiruvçi va politsiyaçi halok bölgan.
Tultepek Meksikada pirotexnika tayyorlaş böyiça boş markazlardan biri hisoblanadi. U yerdagi pirotexnikaning qatta qismi noqonuniy ravişda işlab çiqariladi. 2016 yil dekabrda şu şahardagi pirotexnika bozorida yuz bergan portlaş va uning ketidan çiqqan yonğin oqibatida 42 kişi halok bölgan, önlab odamlar jarohat olgan.












