Bunyod Bahromoviç Bahrombekov Yoşlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyevga örinbosar, yangi tuzilgan «Yoşlar — kelajagimiz» jamğarmasi ijroçi direktori etib tayinlandi. Bu haqdagi ma'lumot «Kun.uz»ga respublika prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan.
«Yoşlar kelajagimiz» jamğarmasi Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 27 iyundagi farmoni bilan tuzilgan, unga bu yil uçun 770 milliard söm mablağ ajratilgan. Jamğarma mablağlaridan yoşlarning biznes loyihalari uçun yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kreditlar berilişi közda tutilgan.
Ayni vaqtda 32 yoşda bölgan Bunyod Bahrombekov 2009 yili Milliy universitetni huquqşunos mutaxassisligi bilan tamomlagan. Mehnat faoliyatini öşa yili Hamza (hozirgi Yaşnobod) tuman prokuraturasida boşlagan. 2014 yildan Toşkent şahar prokuraturasida, 2015 yildan esa Özbekiston Boş prokuraturasida turli lavozimlarda işlagan.
U 2018 yildan boşlab Boş prokuratura Xalqaro-huquqiy boşqarmasi boşliği örinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.












