Özbekistonlik himoyaçi Vitaliy Denisov Moskvaning «Lokomotiv» klubini tark etmaydi.
«Sport-Ekspress» xabariga köra, futbolçi «temiryölçilar» bilan bir yillik şartnomani imzolagan.
31 yoşli futbolçi ötgan mavsum davomida jarohatlar girdobida qolib, atigi 11ta öyinda maydonga tuşgan edi. Davolanib, maydonga qaytgaç esa avvalgi saviyasiga çiqolmadi va raqobatda Lisov bilan Ribusga yutqazdi.
Şundan söng, uning «Lokomotiv»ni tark etişi haqida xabarlar tarqalgan edi.












