2 avgust kuni «Paxtakor» stadionida ötgan bahsning 1-bölimi 26 va 34-daqiqalarida Martin Boake dublini rasmiylaştirgan bölsa, ikkinçi bölimda hujumlar sonini oşirgan «temiryölçilar» 76-daqiqaga kelib Nurmuhammad Toşpölatovning goli evaziga  hisobni qisqartira oldi - 2:1.

Şu tariqa Mirjalol Qosimov murabbiyligidagi olmaliqliklar ğalaba qozonib çorakfinalga yöl oldi, «temiryölçilar» esa bor e’tiborni Pro ligaga qaratadigan böldi.

Qayd etiş joiz, şu kuni «Paxtakor» stadionida tomoşabinlar taşrifi borasida mavsum antirekordi qayd etildi. Öyinlarini Toşkentda ötkazayotgan ikki jamoaning öyiniga jami – 187 nafar tomoşabin taşrifi kuzatilgani qayd etilgan.

Tribuna.uz fotomuxbiri Hasan Yusupov mazkur bellaşuvdan fotojamlanma tayyorladi.