10–11 iyul kunlari Özbekiston böylab havo harorati örtaça köp yillik körsatkiçlardan 5–7 daraja yuqori bölgan anomal issiq ob-havo saqlanib qoladi. Kunduzi havo harorati 40–43 darajagaça issiq böladi.

Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorati  44–45 darajagaça isiydi, garmsel şamoli esişi mumkin.

10–11 iyul kunlari respublikamizning toğ oldi va toğli tumanlari böylab Tojikiston va Qirğiziston hududlaridan sel toşqinlari ötişi mumkin.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berişiça, 10 iyul kuni poytaxtimiz Toşkentda havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik bölmaydi. Şarqdan  sekundiga 3–8 metr tezlikda şamol esadi. Keçasi +25…+27, kunduzi +41…+43 daraja issiq böladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik bölmaydi. Şarqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esayotgan şamol ayrim joylarda sekundiga 15–20 metrgaça kuçayişi mumkin. Keçasi +24…+29, kunduzi +38…+43 daraja issiq böladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik bölmaydi. Şarqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda şamol esadi. Keçasi +25…+30, kunduzi +40…+45 daraja issiq böladi.

Toşkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik bölmaydi. Şarqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda şamol esadi. Keçasi +24…+29, kunduzi +38…+43 daraja issiq  böladi.

Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik bölmaydi. Şarqdan  sekundiga 7–12 metr tezlikda şamol esadi. Keçasi +25…+30, kunduzi +40…+45 daraja issiq böladi.

Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik bölmaydi. Şarqdan sekundiga 5–10 metr tezlikda şamol esadi. Keçasi +22…+27, kunduzi +37…+42 daraja issiq böladi.

Respublikamizning toğli hududlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik bölmaydi. Şarqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda şamol esadi. Keçasi +18…+23, kunduzi +28…+33 daraja issiq böladi.