Fevral oyi yanvarga nisbatan örtaça 2-3 darajaga, toğlarda 1-1,5 darajaga iliqroq böladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi başorat berdi.

Fevral oyining birinçi beş kunligi nam ob-havo bilan boşlanadi, respublika böyiça asosan yomğir körinişidagi yoğingarçilik kuzatiladi. Havo harorati asta-sekin keçalari 5-10 darajaga, kunduzi 13-18 darajaga kötariladi.

Keyinçalik, oyning oxirigaça, harorat keçalari 2-7 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqdan 13-18 daraja iliqqaça özgarib turadi. Har ön kunlikda 2-3 kun davomida yoğingarçilik (yomğir, qor) bölişi mumkin.

Qayd qilinişiça, Özbekistonda meteorologik kuzatuvlarning barça yillari uçun fevral oyidagi maksimal haroratning mutlaq rekordlari 24-29 daraja issiqni, janubda ba’zi joylarda 30-32 daraja issiqni taşkil etgan. Respublika hududining katta qismida bu rekordlar 2016 va 2021 yillarda örnatilgan.

Iqlim ma’lumotlariga köra, Özbekiston hududining katta qismida fevral oyi yil uçun yoğingarçilik eng köp kuzatiladigan oydir. Şunga qaramay, fevral oyi yoğingarçilik miqdori, hamda harorat tartibi böyiça ham turli xil böladi.

Uşbu asrda 2016 yilning fevral oyi eng quruq bölib, barça hududlar böyiça yoğingarçilik oylik me’yorning 20 foizdan kam bölgan.

Hududning katta qismida 2010 yil fevral oyida yoğingarçilik eng köp bölib, oylik miqdori me’yordan 200-300 foiz köp bölgan.

Bu asrda qor qoplami eng uzoq kuzatilgan davr 2008 yil fevral oyida qayd etilgan. Respublikaning markaziy hududlari böyiça qor qoplami kuzatilgan kunlar soni 20-25 kunni, janubiy viloyatlarda 8-15 kunni taşkil etgan.