2026 yil mart oyining ob-havosi bahoriy beqaror bölişi kutilmoqda, deb xabar berdi Gidrometeorologiya xizmati agentligi.

Qayd qilinişiça, bahorning birinçi kunida köpçilik viloyatlarda havo harorati +12...+17 daraja iliq va quruq bölişi kutilmoqda.

Ta’kidlanişiça, 2 martda Özbekiston hududiga janubi-ğarbdan nam havo massalari kirib kelişi boşlanadi. Respublika böyiça yomğir yoğadi, toğli hududlarda yomğir va qor körinişidagi yoğingarçilik kuzatiladi.

Keyinçalik, oyning birinçi ön kunligi oxirigaça yoğingarçilik davriy bölib, tekislik hududlarda ba’zan yomğir yoğadi, toğlarda yomğir va qor yoğadi. Bu davrda havo harorati +10...+15 daraja iliq atrofida bölişi kutilmoqda, ayrim kunlarda +6...+9 darajagaça pasayişi mumkin.

Mart oyining ikkinçi va uçinçi ön kunliklarida harorat keçalari +3...+8 daraja iliqdan +8...+13 darajagaça, kunduz kunlari +12...+17 darajagaça özgarib turişi kutilmoqda. Harorat pasayişi davrlari qisqa, isiş davrlari esa davomiy böladi.

Ta’kidlanişiça, meteorologik kuzatuvlar tarixida 2008 va 2023 yilning mart oyi eng iliq oylar sifatida qayd etilgan — öşa davrda harorat iqlim me’yoridan 5–8 daraja yuqori bölgan. Umuman, mart oyida qayd etilgan eng yuqori harorat respublikaning katta qismida +30...+35 daraja iliqni, janubiy hududlarda esa +35...+37 darajani taşkil etgan.