Özbekiston Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi aholi orasida talab yuqori bölgan xizmatlarni körsatişni boşlaydi. Xususan, jismoniy şaxslar bu markazlarda STIR (soliq tölovçining identifikatsiya raqami)ni olişlari mumkin böladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi jamoatçilik va OAV bilan aloqalar bölimi KUN.UZ’ga ma'lum qildi.
Unga köra, 2018 yil 1 sentabrdan Davlat xizmatlari markazlarida tuğilganlikni qayd etiş, Adliya organlari va muassasalaridan çiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qöyiş, FHDYo va notariat organlari tomonidan arxiv hujjatlarini oliş imkoni paydo böladi.
Bundan taşqari, sudlanganlik haqida ma'lumotnoma, jismoniy şaxs — soliq tölovçining soliq va boşqa qarzi bor-yöqligiga doir ma'lumotnoma, jismoniy şaxs STIR beriş, manzil-ma'lumot axborotlarini beriş kabi xizmatlar Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat yurituvçi Davlat xizmatlari markazlari orqali aholiga taqdim etiladi.












