2026-yilning yanvar-avgust oylarida Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan murojaatlar bilan işlaşda yöl qöygan kamçiliklari yuzasidan davlat organlari va taşkilotlariga taʼsir çoralari köriş böyiça jami 5486 ta hujjat kiritilgan.

Maʼlum qilinişiça, körilgan çoralar natijasida 151 nafar şaxs lavozimidan ozod etilgan. Şuningdek, 833 nafar xodimga hayfsan jazosi qöllanilgan.

Bundan taşqari, 150 nafar xodim maʼmuriy javobgarlikka tortilgan va 1335 nafari rasman ogohlantirilgan.

Murojaatlardagi kamçiliklardan kelib çiqib, çora körişdan taşqari, yöl qöyilgan xato va kamçiliklarni tuzatiş böyiça eng köp murojaat tuşayotgan 10 ga yaqin taşkilotlarda amaliy öquv seminarlari taşkil etilgan.