Özbekiston prezidentining Xalq qabulxonasiga (pm.gov.uz portali) yuborilgan murojaatlar endi murojaatçilar tomonidan nazorat qilinadi.
Xalq qabulxonasining xabar berişiça, portalda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda SMS-xabarnoma xizmati işga tuşirilgan.
Endi murojaatning har bir bosqiçi haqida fuqaroga pm.gov.uz saytidagi şaxsiy kabineti va SMS orqali maʼlumot berib boriladi. Buning uçun fuqaro şaxsiy kabinet orqali sozlamalarga kirib, zaruriy bildirişnomalar SMS şaklida ham yuborilişini belgilab qöyişi kerak.

Murojaat yopilgani haqidagi SMS-xabarnomada maxsus havola böladi. Fuqaro havola orqali kirib, murojaatga tegişli taşkilotning javobi bilan tanişadi va unga “Roziman” deb munosabat bildirişi yoki “Eʼtirozim bor” deb murojaatni qayta ijroga qaytarişi mumkin. Bu bilan u öz murojaatini özi nazorat qila oladi.

“Eʼtirozim bor” tugmasini bosganda, fuqaro quyidagi sabablardan bir yoki bir neçtasini tanlaydi yoki öz eʼtirozini yozib qoldirişi mumkin:
- Murojaatga “otpiska” şaklida javob berilgan (asosiy vajlarim qolib ketgan).
- Murojaatimda körsatilgan vajlarga javob berilmagan.
- Murojaatim hal etilmagan bölsa-da, hal etildi deb yolğon maʼlumot berilgan.
- Men bilan heç kim uçraşmagan, lekin uçraşildi deb maʼlumot berilgan.
- Ustidan şikoyat qilingan idoraning özi murojaatimni körib çiqqan.
- Javobda yolğon va asossiz maʼlumotlar yozilgan.
- Imzolanmagan javob xati biriktirilgan.
- Murojaat yozganim uçun menga tahdid böldi.
- Eski murojaatimga berilgan javob xati biriktirib qöyilgan.














